Kanoviz




Kanoviz , kanaus (fors.) — shoyi mato turi; sof ipakdan toʻqilgan. K. matosi bir necha hunarmandlar ishtirokida tayyorlanadi. Ipak ipga chizmakash gullarni abrbandi usulida chizib beradi, toʻquvchi boʻyalgan ipdan mato toʻqiydi. Buxoro, Samarkand, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan va b. shaharlarda xonatlas, shoyi qatorida K. ham ishlab chiqarilgan, keng tarqalgan va qadrlangan. Buxoroda shohi nomi bilan ham atalgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz