KANOP TOLASI — kanop o’simligi poyasidan olinadigan uzun tola. Ingichka, mayin va pishiq, nam tortish xususiyati (gigroskopikligi) yuqori bo’ladi. Kanop tolasi olish uchun kanop o’simligining poyasi o’rilganidan so’ng dalaning o’zida maxsus mashinada boshoqlari, urug’laridan tozalanadi. Tozalangan poyalar bog’-bog’ qilinib, kanop zavodlarida Maxsus eritmali suv to’ldirilgan hovuz yoki suv havzalarida ivitiladi. So’ngra tola ajratish mashinasida po’stloqdan tolalar ajratib olinadi va me’yoriga etguncha quritiladi. Kanop o’simligi O’zbekistonda ham ekilgani uchun Kanop tolasi mahalliy material hisoblanadi. Undan, asosan, qoplik gazlama, o’rov materiallari, brezent, kanop ip (arqon) olinadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish