Kanndagi G-20 sammiti (2011)
Kanndagi G 20 sammiti (2011) (inglizcha: New world new idea oʻzbekcha: Yangi jahonning yangi gʻoyalari) - shiori ostida Yigirmattalik guruh tarkibidagi mamlakatlar va xokimiyatlar vakillari ishtirokidagi oltinchi uchrashuv boʻlib sammit oʻz ichida bir necha mummolarni hal qilish bilan birga oʻsha davrning asosiy muammosi sifatida koʻrilgan global iqtisodiy inqiroz sammit oʻtkazilishi uchun asosiy turtki boʻlgan. , Sammit ishtirokchilari 2008—2011 yillar oraligʻidagi moliyaviy inqiroz davom etgan davrlarni oʻzaro tahlil etishgan. Sammit 2011-yilning 3—4-noyabrlarida Fransiyaning Kann shahrida boʻlib otgan.
Sammit oldiga qoʻyilgan asosiy mavzulardan biri bu Banklar taftishini kuchaytirish va qattiq nazoratga olish koʻzda tutilib, qonun qabul qilingan. .
Yana bir sammitda koʻrilgan mavzulardan biri Xalqaro bank harakatlari borasidagi kelishuvga yangicha soliqlar joriy etish choralari koʻrib chiqilgan. .
Sammit oldidagi muammolar
2-noyabr 2011-yilI G 20ning Yevropadagi aʼzolari vakillari norasmiy ravishda Yevrohudud muammolarini hal etish ishlarini boshlagan. Sammit soʻngida Yunoniston hukumati uzoq muddat davom etgan mamlakatdagi tartibsizlik va aholining ishsizligi tufayli Yevropa Ittifoqi tomonidan yirik miqdordagi imtiyozli qarz olish muvaffaq boʻlgan.,Ushbu kelishuv mamlakatning ichki nizolar va tashqi omillar bilan birgalikda doimiy bajarilish kerak boʻlgan vazifalarni oʻz vaqtida ado etilishini hisobga olib 2011-yilning 26-oktyabrida Brusselda oʻtkazilgan Yevropa Kengashi aʼzolari tomonidan bitim imzolangan.. Baʼzi bir siyosiy tahlilchilar Yunonistonni agarda qisqa muddatda mamlakat ichidagi siyosiy boʻhronni oldini olmasa Yevrohududdan oʻzi istagan ravishda chiqib ketishi yoki butun Yevropa mamlakatlarini oʻzi boshdan kechirayotgan moliyaviy inqirozga tortib ketishi mumkinligini taʼkidlashgan..
Manbalar
uz.wikipedia.org