Kannada tili
Kannada tili (kann. ಕನ್ನಡ, kannaḍa) — kannara xalqi tili; Hindistonning Maysur (Karnataka) shtatida tarqalgan. Dravid tillari guruhiga mansub. Grammatik qurilishiga koʻra, agglyutinativ, yangi soʻzlar va grammatik formalar suffikslar yordamida hosil qilinadi. Gapda soʻzlar tartibi qatʼiy — kesim gapning oxirida keladi. Yozuvi brahmi alifbosi asosida.
Manbalar
uz.wikipedia.org