Kanna kiyik




Kanna kiyik (Taurotragus oryx) -kuvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli sut emizuvchi hayvonlarning bir turi. Gavdasining uz. 3,5 m, yagʻrinidan 1,8 m gacha, ogʻirligi 900 kg gacha. Dumi 60 sm gacha, uchi popukli. Shoxlari uzun, burama, tomogʻida teri burmasi bor. Juni och kulrang , sargʻish, K.k. Sharqiy va Jan. Afrikada tapqalgan; gala boʻlib yashaydi. Oʻtlar, daraxt va butalar bargi bilan oziqlanadi. Boʻgʻozlik davri 8,5—9 oy, bitta bola tugʻadi. Goʻshti va terisidan foydalaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz