Kanishka II
Kanishka II (brahmi: Kā-ṇi-ṣka) — milodiy 225-245 yillardagi Kushon imperiyasining imperatorlaridan biri. U Kushonning soʻnggi imperatori hisoblangan Vasudeva Idan keyin hukmronlik qilgan.
Hukmronligi
Kanishka II faqat Shimoliy Hindistonda Kushonlar hukmronligini saqlab qolgan. Kanishka II oʻz imperiyasining gʻarbiy qismini, yaʼni Baqtriya va Toxaristonni Sosoniy Shopur I (milodiy 240—272-yillar) bilan boʻlgan jangda qoʻlidan boy bergan boʻlishi mumkin. Ushbu hududlarning zabt etilishi kushon-sosoniylar chegarasini belgilab berdi. Naqshi Rustam yozuvlarida Sosoniy hukmdor Shopur I saltanati Kushonlar saltanatini (Kūšān šahr) „Purushapuragacha“ (Peshovar) nazorat qilganini taʼkidlab. Uning hududlari hatto Hindukushdan tashqarida ham kengaygan boʻlishi mumkinligini taxmin qilinadi. Rag-i-Bibidagi qoya yozuvi bu fikrni yanada tasdiqlaydi.
Sosoniy hukmdor Peroz I tasviri Kushonshoh Kanishka II tangalari ustidan bir necha marta urilgani maʼlum boʻlib, Peroz davridan boshlab birinchi kushon-sosoniy tangalari Hindukushning janubida chiqarilgan.
Kanishka II bir vaqtning oʻzida Gandharani, shuningdek, Kapisha ustidan nazoratni qaytarib olgan boʻlishi mumkin.
Kanishkadan IIdan keyin taxtga Vasishka keladi.
Tangalar va haykallar
Manbalar
Adabiyotlar
Tashqi havolalar
uz.wikipedia.org