Kang Ye-seo
Kang Ye-seo (2005-yil 22-avgustda tugʻilgan),
Yeseo monimi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U "Mnet" telekanalining „Girls Planet 999“ shousida qatnashgani va soʻnggi epizodda 6-oʻrinni egallab, „Kep1er“ guruhining aʼzosiga aylangani bilan mashhur. U shuningdek, Janubiy Koreyaning „CutieL“ va „Busters“ guruhining bosh vokalchisi sifatida sobiq aʼzosi. Kang oʻzining aktrisalik faoliyatini 2010-yilda "MBC" telekanali dramasi „Golden Fish“da yordamchi rolda boshlagan.
Faoliyati
Kang oʻzining aktrisalik faoliyatini 2010-yilda „MBC“ telekanali dramasi „Golden Fish“da ikkinchi darajali rolda boshlagan va shu bilan birga u „CutieL“ kichkintoylar guruhining aʼzosi boʻlgan.
U 2013-yilda „Miracle in Cell No.5“ filmida u Choi Ji Yon rolini ijro etgani uchun mashhurlikka erisha boshlagan. Keyinchaalik u mahhur „Sailor Moon“ anime seriali uchun ayni nomli sumkalar chiqarib filmni yanada mashxur qilgan. U 20 ga yaqin dramada rol oʻynadi.
Yanvar oyi oxirida Kang Minjungning oʻrniga „Busters“ning yangi aʼzosi boʻlgan. U 2019-yil 31-iyulda birinchi „Pinky Promise“ mini-albomi bilan debyut qilgan. 2020-yil 6-avgustda Yeseo aktrisalik va boshqa faoliyatni davom ettirish uchun guruhni tark etgan.
2021-yil 18-iyulda Kang rasman 'Mnet"ning "Girls Planet 999" shousida ishtirokchi sifatida eʼlon qilingan, shouda u „Kep1er“ aʼzosi Mashiro Sakamoto bilan birga „143 Entertainment“ kompaniyasi vakili sifatida ishtirok etishgan. 2021-yil 22-oktyabrda Yeseo yakuniy epizodda jami 770 561 ball toʻplagan holda 6-oʻrinni egalladi va shu bilan u yakuniy guruh tarkibiga kirdi. 2022-yil 3-yanvarda u birinchi „First Impact“ mini-albomi chiqishi bilan „Kep1er“ aʼzosi sifatida rasman debyut qilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org