Kang Ji-young
Kang Ji-young (1994-yil 18-yanvarda tugʻilgan),
Jiyoung yoki
JY nomi bilan ham tanilgan, Yaponiyada yashovchi janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U Janubiy Koreyadagi „Kara“ qizlar guruhining sobiq aʼzosi.
Hayoti va ijodi
Kang Ji-young 1994-yil 18-yanvarda Janubiy Koreyaning Paju shahrida tugʻilgan. U K-pop qoʻshiqchisi NS Yoon-Gning amakivachchasi.
U Bongilcheon oʻrta maktabi va Muhak xotin-qizlar oʻrta maktabida oʻqigan va 2012-yil fevral oyida uni tamomlagan.
2008-2014
Jiyoung 2008-yilda sobiq aʼzo Kim Sung-heeguruhdan ketganidan keyin Hara bilan birga „Kara“ qizlar guruhiga qoʻshilgan. Oʻsha paytda u 14 yoshda edi, bu uni guruhning eng yosh aʼzosiga aylantirgan.
Jiyoung 2011-yilda „CDTV“ telekanalida Yaponiyaning „Sevimli ayol ijrochilar“ reytingida 21-oʻrinni egallagan yagona koreyalik qoʻshiqchi boʻlgan.
2014-yilning 15-yanvarida uning shartnomasi 2014-yil aprel oyida tugashi bilan Londonda aktyorlik va til koʻnikmalari boʻyicha oʻqishiga eʼtibor qaratish uchun guruhni tark etishi eʼlon qilingan.
2014-hozirgi kungacha
Karadan ketganidan soʻng, Jiyoung oʻz ismini oʻzgartirib, Yaponiyada aktrisa sifatida faoliyatini davom ettirish uchun „Sweet Power“ agentligi bilan shartnoma tuzgan. U 6-sentyabr kuni Saitama arenasida „19-Tokio Girls Collection“ moda namoyishida ilk bor oʻzini namoyish qilgan.
Jiyoungning Yaponiyadagi birinchi ishi „Hell Teacher Nube“ filmidagi roli boʻlib, u erda Yukime qahramoni obrazida rol ijro etgan.
2015-yil dekabr oyida „Sony Music“ Jiyoung „JY“ nomi ostida qoʻshiqchi sifatida debyut qilishini eʼlon qilgan. Uning birinchi yakkaxon singli Yaponiyaning „NTV“ telekanalida efirga uzatilgan „Higanbana“ dramasi uchun „Oxirgi vidolashuv“ (最後のサヨナラ, saigo no sayonara) saundtreki edi.
2016-yil 18-martda u JY nomi bilan uchta trekdan iborat „Radio“ yakkaxon mini-albom debyutini chiqargan. Uchta trekdan ikkitasi kliplar bilan chiqdi. „Radio“ londonlik qoʻshiq yozuvchisi va produseri MNEK tomonidan yozilgan, Darren Kreyg esa uning klipiga rejissorlik qilgan. „Radio“ iTunes Pop Top qoʻshiqlar jadvalida 2-oʻrinni egallagan. Albom Janubiy Koreya va Yaponiyadan tashqari AQSh va Osiyoning boshqa qismlarida sotilgan.
2022-yilning fevralida Kang „KeyEast“ kompaniyasi bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgani xabar qilingan.
2022-yil 6-aprelda Kang „ELRIS Entertainment“ bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilingan.
2022-yil iyul oyida Kangning „Lucid Dream“ yakkaxon albomi chiqqan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org