Kaneydian
Kaneydian , Kaneydian-River (inglizcha: Canadian River) — AQShdagi daryo, Arkanzas daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 1500 km chamasida, havzasining mayd. 124 ming km. Sangrede-Kristo tizmasi (Qoyali togʻlar) yon bagʻirlaridan boshlanib, Buyuk va Markaziy tekisliklardan oqadi. Suv sarfi keskin oʻzgarib turadi. Bahor oylarida daryo toshadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 200 m3/sek. Sugʻorishda foydalaniladi. K. irmogʻi — Nort-Kaneydian daryosi boʻyida Oklaxoma-Siti sh. joylashgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org