Kane Wilson
Kane Leo Wilson (talaffuzi: Keyn Leo Uilson) (2000-yil 11-martda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi, Kane Wilson „Bristol City“ futbol klubida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
West Bromwich Albion
Kane Wilson 7 yoshida „West Bromwich Albion“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshilgan. Wilson 2015—2016-yilgi mavsumning koʻp qismini klubning 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasida oʻtkazgan. Kane Wilson oʻzining asosiy jamoadagi birinchi oʻyinini „Paris Saint-Germain“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan.
Kane Wilson EFL kubogining birinchi bosqichida 2016-yil 23-avgustda „Northampton Town“ futbol klubiga qarshi bahsda oʻyinning 70-daqiqasida Brendan Galloway oʻrniga maydonga tushgan. Oʻyin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi va Wilsonning jamoasi penaltilar seriyasida 4:3 hisobida magʻlub boʻlgan.
Ushbu uchrashuvdan besh kun oʻtgach, Kane Wilson „The Hawthorns“ doirasida „Middlesbrough“ futbol klubiga qarshi Premyer-liga oʻyinida „West Bromwich“ futbol klubining asosisy tarkibiga kiritilgan.
Exeter City (ijara) Kane Wilson „Exeter City“ futbol klubi safiga yozgi transfer oynasida besh oyga ijaraga berilgan. Kane Wilson 28-oktyabrda „Mansfield Town“ futbol klubi bilan 1:1 hisobida durang oʻynagan uchrashuvda klub safidagi dastlabki oʻyinni oʻtkazgan. Ushbu uchrashuvda Kane Wilson oʻyinning 93-daqiqada ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatilgan.
Tranmere Rovers (ijara) 2019-yilning 9-avgustida Kane Wilson 2020-yil yanvarigacha ijara asosida „Tranmere Rovers“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Wilson ertasi kuni klub safidagi dastlabki uchrashuvni „Portsmouth“ futbol klubiga qarshi (2:0 hisobida magʻlubiyat) oʻtkazgan.
Forest Green Rovers
Kane Wilson 2020-yil 8-iyulda „Forest Green Rovers“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Kane Wilson klub safida 2022-yilgi EFL mukofotlari marosimida mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritgan.
Bristol City
2022-yil 10-iyunda Wilson chempionat vakili „Bristol City“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan.
Faoliyat statistikasi
2022-yil 7-may holatiga ko'ra;
Manbalar
uz.wikipedia.org