KANDIRSOY — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi soy. Ohangaron daryosining chap irmog’i. Qurama tizmasining shimoliy yon bag’ridan boshlanadi. Uzunligi 21 kilometr. Havzasining maydoni 96 kilometr kvadrat, o’rtacha balandligi 1550 metr. O’rta oqimida Oqtosh, Ko’nikti, Toshbuloq va boshqa soylar qo’shiladi. Qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 0,61 metr kub/sekund, bahor oylarida 2,50 metr kub/sekund. Quyi oqimida bir necha ariqlarga bo’linib ketadi. Ohangaron daryosigacha yetib bormaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish