KANDALAKSHA QO’LTIG’I – oq dengizning shimoli-g’arbidagi qo’ltiq. Kandalaksha va Kareliya sohillari oralig’ida. Uzunligi 185 kilometr, eni 67 kilometrgacha. Chuqurligi g’arbiy qismida 40 metr, sharqida 350 metrgacha. Orol ko’p. Qirg’oqlari qoyali. Kandalaksha qo’ltig’iga Niva, Kovda daryolari quyiladi. Suvining temperaturasi yuzasidan yozda 18,5° gacha, qishda -1 dan 1,5° gacha. Sho’rligi 8%s chamasida. Noyabr o’rtalaridan may oyigacha muz bilan qoplanadi. Har yarim sutkada dengiz suvi 2,2 metrgacha ko’tariladi. Seld, treska, nerpa ovlanadi. Portlari: Kandalaksha, Kovda, unba. Kandalaksha qo’ltig’ining orollari va sohilida Kandalaksha qo’riqxonasi joylashgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish