Kanberra stadioni
Kanberra stadioni (ing: Canberra Stadium) Avstraliya poytaxti Kanberrada joylashgan koʻp maqsadli stadiondir, stadion shuningdek, homiylik sabablar tufayli GIO stadion Kanberra (ing: GIO Stadium Canberra) ham deb ataladi. Stadionda regbi, futbol musobaqalari oʻtkaziladi.
Tarixi
Stadion 1977-yilda Tinch okeani davlatlari oʻrtasidagi konferentsiya oʻyinlari uchun qurilgan, shuningdek, ushbu stadion yengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan 4-jahon chempionatiga ham mezbonlik qilgan. 1980-yillarning oxirlariga kelib stadiondagi yugurish yoʻlagi olib tashlandi. Yugurish yoʻlaklarining koʻchirilishining asosiy sababi, Avstraliya futboli musobaqalari oʻtkaziladigan boʻldi. stadiondan 2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlari musobaqalarida ham foydalanilgan. Stadion oʻrtasiga kriket chimi yotqizilib kriket musobaqalari ham oʻtkazilib turilgan.
Egalik
Stadion ayni damda Avstraliya Sportlar Komissiyasi orqali Avstraliya hukumati egalik qiladi va Avstraliya Poytaxt Territoriyasi Hukumati tomonidan ijaraga beriladi. 2010-yilda ijara muddati tugaganligi tufayli hozirda Avstraliya Poytaxt Territoriyasi Hukumati stadionga yangi ega qidiradi.
Oʻrindiqlar va stadion sigʻimi
Stadionning nominal hajmi 25,011 kishiga moʻljallangan, eng koʻp tomoshabin 2004-yildagi regbi oʻyicha Super 12 finalida kirgan, oʻshanda 28,753 tomoshabin stadionga tashrif buyurgan edi.
Tomoshabinlar rekord soni
Regbi ittifoqi Regbi ligasi Futbol Avstraliya futboli AFC Osiyo kubogi 2015
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org