Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi
Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi (xalq orasida
Team Kanada nomi bilan tanilgan) (fransuzcha: Équipe Canada) Kanada sharafini xalqaro oʻyinlarda himoya qiluvchi xokkey jamoasidir. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasini Xalqaro Xokkey Federatsiyasi aʼzosi Kanada xokkeyi tashkiloti nazorat qiladi. 1920-yildan 1963-yilgacha Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasining xalqaro vakolatlari Kanadadagi katta havaskor klub jamoalari tomonidan amalga oshirildi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi 1963-yilda David Bauer tomonidan Kanada Havaskor Xokkey Assotsiatsiyasining bir qismi sifatida tashkil etilgan.
"Team Kanada" nomi birinchi marta 1972-yilgi Sammit seriyasi oʻyinlari uchun ishlatilgan (Bu nom oʻshandan beri Kanada milliy erkaklar va ayollar terma jamoalariga murojaat qilish uchun tez-tez ishlatiladi).
Kanada xokkey boʻyicha xalqaro oʻyinlarda yetakchi milliy terma jamoa hisoblanadi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi 1972-yilda Sovet Ittifoqi erkaklar milliy xokkey terma jamoasiga qarshi Sammitlar seriyasida gʻalaba qozongan edi. 1976-yilgacha Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi toʻrtta Kanada kubogini qoʻlga kiritgan. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi jami xokkey boʻyicha ikki marta Jahon kubogi, toʻqqizta Olimpiada oltin medali va 27 marta xokkey boʻyicha jahon chempionligini qoʻlga kiritgan.
Kanada xokkey boʻyicha dunyodagi eng muvaffaqiyatli milliy terma jamoalardan biri hisoblanadi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi Rossiya, AQSh, Shvetsiya, Finlandiya va Chexiya erkaklar milliy xokkey terma jamoasi bilan bir qatorda eng kuchli erkaklar xokkey davlatlarining norasmiy guruhi boʻlgan „Katta oltilik“ tarkibiga kiradi.
Tarixi
Xokkey Kanadaning milliy qishki sport turi hisoblanadi va kanadaliklar oʻyinga juda ishtiyoqlidir. Kanada birinchi marta xalqaro miqyosda 1910-yilgi Yevropa chempionatida Oxford universitetining xokkey jamoasi „Oxford Canadians“ klubi sifatida ishtirok etdi. Bu xokkey klubi 1912-yilgi Jahon chempionatida yana Kanada sharafni himoya qilishdi.
1920-yildan 1963-yilgacha Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi vakili boʻlgan katta havaskor klub jamoalari odatda Allan kubogi chempioni boʻlishgan. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi vakolati doirasida xokkey boʻyicha Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan soʻnggi havaskor klub jamoasi (1961-yilda) „Trail Smoke Eaters“ xokkey klubi edi. Kanada sharafini qaysi jamoa vakil sifatida himoya qilishini tanlash mas’uliyati Kanada Havaskor Xokkey Assotsiatsiyasi (CAHA) kotib-menejeriga tegishli edi. Kanada Havaskor Xokkey Assotsiatsiyasi kotib-menejeri 1947-yildan 1960-yilgacha George Dudley va 1960-yildan 1963-yilgacha Gordon Juckeslar boʻlishgan.
1963-yilgi Jahon chempionatidan soʻng David Bauer doimiy muassasa sifatida Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasiga asos solgan. Yangi doimiy terma jamoa birinchi boʻlib xokkey boʻyicha 1964-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi uchun bu oʻyinlardagi asosiy maqsad hisobni oshirish oʻrniga kuchsiz davlatlarga qarshi oʻyinlarda gʻalaba qozonish edi. Jahon chempionati yakunida Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi Chexoslovakiya va Shvetsiya terma jamoalaridan keyin bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Sovet Ittifoqi erkaklar milliy xokkey terma jamoasi 1954-yilda xalqaro musobaqalarga qoʻshilishidan oldin Kanada terma jamoasi xalqaro xokkey boʻyicha ustunlik qilib, Olimpiada oʻyinlarida yettita oltindan oltitasini va Jahon chempionatida 10 oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shundan soʻng, Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi 50 yil davomida Qishki Olimpiada oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kirita olmadi va 1962-yildan 1993-yilgacha birorta ham xokkey boʻyicha jahon chempionatlarida gʻalaba qozona olmadi. Bu qisman Kanadaning eng yaxshi professional xokkeychilari Milliy xokkey ligasi klublari bilan majburiyatlari boʻlganligi sababli ushbu tadbirlarda qatnasha olmagani uchun deb izohlandi.
Kanada 1970-yilgi xokkey boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqiga ega boʻldi.
Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi 1977-yilda IIHF prezidenti Sabetzki va Kanada va Qoʻshma Shtatlardagi professional xokkeyning yuqori mansabdor shaxslari oʻrtasidagi bir qator muzokaralardan soʻng IIHFga qaytdi. Bu muzokaralar natijasida, professional xokkeychilarga Jahon chempionatida qatnashish uchun ruxsat beriladigan boʻldi. Yana muzokaralarda, Stanley kubogi pley-off bosqichidan chiqarib yuborilgan NHL jamoalari orasidan koʻproq oʻyinchilar mavjudligini taʼminlash uchun turnir yil oxirida rejalashtirilgan boʻldi. Buning evaziga Shimoliy Amerika hududida Kanada, AQSh va Yevropaning eng kuchli toʻrtta terma jamoalari, jumladan, professionallar ishtirokida „Kanada kubogi“ uchun musobaqa har toʻrt yilda oʻtkazilishi kerakligi belgilandi.
1983-yilda Kanada xokkeyi „Mukammallik dasturi“ ni boshladi. Dasturning maqsadi har toʻrt yilda bir marta qishki Olimpiada oʻyinlariga jamoa tayyorlash edi. Ushbu dasturdagi yangi Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi butun dunyoda milliy va klub jamoalariga qarshi toʻliq mavsum oʻynadi. 1986-yilda Xalqaro Olimpiada Qoʻmitasi professional sportchilarning 1988-yildan boshlab Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishiga ruxsat berish uchun ovoz berdi. Shundan soʻng, Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi safiga NHL tajribasiga ega boʻlgan faxriy mutaxassislar va baʼzi hollarda shartnoma boʻyicha kelishmovchiliklarda qatnashgan hozirgi NHLchilar qoʻshildi. Ushbu dastur 1998-yilda toʻxtatildi.
Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi 33 yil davomida oltin medalni qoʻlga kiritmaganidan keyin 1994-yilda Italiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Oʻshandan beri Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi 1997, 2003, 2004, 2007, 2015, 2016 va 2021-yillarda oltin medalni qoʻlga kiritishdi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi 2002-yilda Salt Lake Cityda 50 yil ichida birinchi Olimpiada oʻyinlari oltin medalini qoʻlga kiritdi. Undan soʻng, 2010-yildagi Vankuverda oʻtkazilgan qishki Olimpiada oʻyinlarida Kanada erkaklar milliy xokkey terma  jamoasi finalda AQSh terma jamoasini 3:2 hisobida magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2012-yilda Finlandiya va Shvetsiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Ryan Murrey xokkey bo‘yicha jahon chempionatida Kanada vakili bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan birinchi oʻyinchi bo‘ldi.
Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi 2014-yilgi Sochida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiada oʻyinlarida oltin medalni muvaffaqiyatli qoʻlga kiritdi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasining tinimsiz hujumkor bosimi va boʻgʻuvchi himoyasi 2014-yilgi shakllantirilgan terma jamoani Kanada terma jamoasida yigʻilgan eng yaxshi, eng mukammal jamoa sifatida maqtovga sazovor boʻlishiga olib keldi.
Bosh direktor Jim Nill, bosh murabbiy Todd McLellan va kapitan Sidney Crosbyning Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi safiga tufayli Kanada 2015-yilgi IIHF jahon chempionatida Rossiya erkaklar milliy xokkey terma jamoasi ustidan gʻalaba qozonib, musobaqaning oltin medalini qoʻlga kiritdi. 2015-yil reglamentdagi 10 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozongan Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasining har bir ishtirokchisi 1 million Shveytsariya franki bonus mukofotiga sazovor boʻldi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi aʼzolari musobaqada 10 ta oʻyinda 66 ta gol urdi va turnirning eng yaxshi toʻpurarlari uchligiga kirdi: Jason Spezza, Jordan Eberle va Taylor Hall. Bu g‘alaba Kanadaning 2010-yildan beri birinchi marta IIHF jahon reytingida birinchi o‘ringa qaytishini taʼminladi.
1920-yildan 1963-yilgacha Kanada milliy xokkey terma jamoasini ifodalovchi jamoalar roʻyxati
Olimpiada oʻyinlari
1920-1968-yillardagi xokkey boʻyicha barcha Olimpiada oʻyinlari ham Jahon chempionati deb hisoblangan.
Jahon chempionatlari
1920-yildan 1968-yilgacha boʻlgan barcha xokkey boʻyicha oʻtkazilgan Olimpiada turnirlari ham Jahon chempionati deb hisoblangan. Jahon chempionatlari 1940-yildan 1946-yilgacha, ikkinchi jahon urushi paytida va 1980, 1984 yoki 1988-yillardagi qishki Olimpiada yillarida vaqtida oʻtkazilmagan. 2020-yilgi turnir COVID-19 pandemiyasi sababli bekor qilingan.
Kanada kubogi / Xokkey boʻyicha Jahon kubogi
Sammit seriyasi
Spengler kubogi
Spengler kubogida Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi har yili Vaillant Arenada turnirga mezbonlik qiladigan HC Davos kabi Yevropa klublari jamoalariga qarshi kurashadi. Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi dastlab ushbu tadbirda doimiy milliy terma jamoa oʻyinchilari ishtirokida qatnashgan, ammo keyinchalik odatda Yevropa ligalarida yoki Amerika Xokkey Ligasida oʻynaydigan kanadaliklardan iborat yangi Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi bilan ishtirok eta boshlagan. 2019-yilda Kanada erkaklar milliy xokkey terma jamoasi oʻzining 16-Spengler kubogini qoʻlga kiritdi.
Jamoa
Joriy roʻyxat
2022 IIHF jahon chempionati uchun roʻyxat.
Bosh murabbiy: Claude Julien
Murabbiylar
Xokkey boʻyicha Kanada erkaklar milliy terma jamoasi murabbiylari roʻyxati.
Olimpiada
Sammit seriyasi, Kanada kubogi, Jahon kubogi
Jahon chempionlari
Kiyim evolyutsiyasi
Formalar
Yana qarang
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org