Kan




Kan — Fransiyaning shimoliy qismidagi shahar va Normandiya mintaqasida joylashgan kommunadir. Kalvados departamentining maʼmuriy markazi. Orn daryosi buyidagi port. Kanal orqali La-Mansh boʻgʻozi bilan bogʻlangan. Aholisi 117 ming kishi (1999). Kuyi Normandiya temir ruda rayonining sanoat markazi Kan va uning atrofida metallurgiya, mashinasozlik, toʻqimachilik, kimyo, sement, yogʻochsozlik, keramika sanoati korxonalari mavjud. Universitet(1432 y.dan), nafis sanʼat muzeyi bor. 11 — 17-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Shaharga 11-asrda asos solingan.

Aholisi



113.987 nafar aholi istiqomat qiladi (1999). Aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 4435,3 nafar kishi.

Geografiyasi



Maydoni — 25,7 km.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz