Kampu-Grandi




Kampu-Grandi - Braziliyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Matu-Grosudu-Sul shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 662,5 ming kishi (2000). Serradi-Marakaju tizmasining sharqiy yon bagrida joylashgan. Transport yoʻllari tuguni. Chorva mollari savdosi markazi. Qishloq xoʻjaligi yarmarkalari oʻtkaziladi. Oziqovqat, koʻn poyabzal, yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Universitet (1970), oʻlkashunoslik muzeyi bor. Shaharga 17-asr boshlarida asos solingan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz