KAMPONGTYAM



KAMPONGTYAM — Kambodjadagi shahar, Mekong daryosi sohilidagi port. Kampongtyam provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 30 ming kishidan ziyod. Kauchuk, baliq, o’rmon mahsulotlari eksport qilinadi. To’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi bor. Taxta tilish markazi. To’quv hunarmandchiligi rivojlangan. Shaharga 20-asr boshlarida asos solingan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz