Kampirtepa
Kampirtepa — qad. shahar harobasi (mil.av. 3—mil. Z-a.). Amudaryoning oʻng sohilida, Surxondaryo viloyatidagi Shoʻrob qishlogʻidan 0,5 km gʻarbda joylashgan. K. 2 qism; qalʼa va undan gʻarb va sharq tomonda joylashgan, atrofi devor bilan oʻralmagan qismdan iborat. Gʻarbdan sharqqa tomon umumiy uz. 750 m, shim. dan jan.ga —200-250 m. Qalʼa (mayd. 4 ga) ark va turar joylardan tashkil topgan. Uning atrofi qalinligi 5 m keladigan mustahkam mudofaa devori bilan oʻrab olingan; devorga ichki yoʻlaklar qilingan, burchaklarida minoralar oʻrnatilgan boʻlib, xandaq bilan oʻralgan. Ark qalʼaning markaziy qismida joylashgan, jan. tomondan uning bir kismini suv yuvib ketgan. Arkning mayd. — 1, 3 ga, jan.-sharqiy burchagida darvozasi boʻlgan. Ark xom gʻishtdan qalinligi 5 m ga yaqin devor bilan qurshalgan. Devor atrofi kengligi 10 m lik xandaq bilan oʻrab olingan. Arkning ichki qismida turli maqsadlar uchun moʻljallangan xonalar joylashib, ular oʻzaro yoʻlaklar bilan bogʻlangan 4 ta yirik blokni tashkil qiladi. K.ning mustahkamlan-magan qismi, asosan, dafn inshootlari majmuasi bilan band. Uning shim. gʻarbiy qismida, 0,5 ga lik maydonda naus tipidagi 10 dafn inshooti joylashgan boʻlib, ular hajmi 33—34—35 X 33—34—35 X 13—14 sm lik kvadrat shakldagi xom gʻishtdan terilgan. Shar-qiy qismda yana bir dafn inshooti boʻlib, uning tarhi toʻrtburchak, shim.dan jan.ga tomon choʻzilib, uz. 66,5 m, kengligi 3—4,2 m boʻlib, bir-biridan yoʻlaklar bilan ajratilgan uchta binodan iborat. K.ning mana shu qismidan tarhi aylana shaklda boʻlgan xumdon topilgan. K.dagi hayot uchta asosiy davrga boʻlinadi: B i r i n ch i davr (mil.av. 3—2-asrlar) — K.ning jan. qismida, boʻlajak ark oʻrnida qalʼaning vujudga kelishi; Yunon-Baqtriya podsholigi davriga oid turar joilarning katta qismini Amudaryo suvi yuvib ketgan. Ikkinchi davr (mil. av. 2— 1-asrlar) — ark oʻrnida hayot qisman jonlana boshlagan. Uchinchi davr (mil. 1—2-asrlar) — K.ning yuksalgan davri, mustahkam qalʼa bunyod etilishi, uning tizimining shakllanishi. K.dan koʻplab sopol idishlar, bezak buyumlari, haykalchalar va b. topilgan.
Oʻrganilishi
Qal’ani 1972-yilda sovet olimi Edvard Rtveladze Shimoliy Baqtriya hududida olib borilgan razvedka marshrutini oʻrganish natijasida kashf etgan. Dastlab, Kampirtepa Amudaryoning eng muhim chorrahasida paydo boʻlgan kichik qoʻrgʻon shahar boʻlib hisoblangan. Aholi punktining vizual rejasi tuzilgan. Arxeologik va numizmatik maʼlumotlarga koʻra, Kampirtepaning mavjudligi miloddan avvalgi IV asr oxirlarida aniqlangan. 1977-yilda Kampirtepa Shokir Pidayev boshchiligida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti ishchi guruhi tomonidan tekshirilgan. Qal’adagi madaniy qatlamning qalinligi aniqlanganda — 10 metr ekanligi qayd eti;gan. 1979-yilda Edvard Rtveladze boshchiligida qal’aning gʻarbiy qismida naussni (dafn inshootlari) qazish ishlari olib borilgan. 1982-yilda Edvard Rtveladze boshchiligidagi Oʻzbekiston sanʼat tarixi majmui ekspeditsiyasi (OʻzISKE) ishchi guruhi Kampirtepaning statsionar qazish ishlarini boshlagan, ular boshlagan ish 1991-yil boshlarigacha olib borilgan, bu qazilmalar asosan shaharning maketini aniqlashga qaratilgan edi. I asrning oʻrtalari — II asrning birinchi choragiga toʻgʻri keladigan yuqori qurilish gorizonti boʻyicha aholi punktlari aniqlangan. 1999-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi Sanʼat tarixi ilmiy-tadqiqot instituti Edvard Rtveladze boshchiligida mustaqil Toxariston arxeologik ekspeditsiyasini tuzishga qaror qilgan, uning asosiy tadqiqot yoʻnalishi Shimoliy-Gʻarbiy Baqtriya arxeologik yodgorliklarini oʻrganishdan iborat boʻlgan. Tayanch obyekt sifatida qadimiy Kampirtepa manzilgohi tanlangan. Moskvadagi Sharq xalqlari davlat muzeyi Markaziy Osiyo arxeologik ekspeditsiyasining Tigran Mkrtichev boshchiligidagi bir guruh arxeologlari, 2004-yildan hozirgi kungacha Oʻrta Osiyo arxeologiya qoʻmitasining Baqtriya otryadi tadqiqotda qatnashgan. Rossiya Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Nigora Dvurechenskaya boshchiligidagi ekspeditsiyasi, 1999—2006-yillarda asosiy ishni „quyi shahar“ hududini tekshirishdan boshlagan. 2007-yildan boshlab, qal’aning shimoliy qismidagi turar-joy binolarini qazish bilan bir qatorda, qal’aning janubi-sharqiy qismidagi madaniy qatlamlarni muntazam ravishda qazish ishlari ham olib borilgan. 2006—2010-yillarda turar-joy qal’asining janubi-sharqiy qismida stratigrafik qazish ishlari olib borilgan. Ushbu tadqiqotlar natijasida Kampirtepa yodgorligining xronologik chegaralari aniqlangan. 2018-yilga kelib, yodgorlik butun maydonining 80 foizida toʻliq qazishma ishlari olib borilgan va oʻrganilgan.
Adabiyot
Manbalar
uz.wikipedia.org