Kampiniy madaniyati




Kampiniy madaniyati - ilk neolit davriga oid arxeologik yodgorliklar (mil. av. 6—4-ming yillik). Fransiyaning Quyi Sena departamentidagi Kampiniy manzilgohi nomidan. 1886 yilda fransuz arxeologi F. Salmon topgan. K.m.da yashagan qabilalar dehqonchilik, ovchilik, baliqchilik va terimchilik bilan shugʻullanib, diametri 3–6 m li yarim yertoʻlalarda yashagan.

Uy hayvonlaridan faqat it boqilgan. Toshbolta, sanchqi, qum aralashtirilib loydan ishlangan naqshli va naqshsiz sopol idishlar topilgan. K.m. ashyolari Germaniya va Boltiq boʻyidagi ilk neolit makonlaridan topilgan arxeologik yodgorliklarga oʻxshab ketadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz