Kampinas




Kampinas — Braziliyaning jan.sharqiy qismidagi shahar. San-Paulu shtatida. Aholisi 967 ming kishi (2000). Temir yoʻl va avtomobil yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Muhim qishloq xoʻjaligi rayonining (kofe, paxta, donli ekinlar, shakarqamish) savdo markazi. Elektrovoz, tikuv mashinalari ishlab chiqariladi. Metallurgiya, rezinatexnika, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. 2 universitet, muzey bor. Shaharga 17-asr da asos solingan. 19-asrda kofe ishlab chiqaruvchi muhim markaz boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz