Kampilobakterioz




Kampilobakterioz , v i b r i o z— hayvonlarda uchraydigan yuqumli infeksion kasallik. Asosan, qoramol va qoʻylar kasallanadi, choʻchqa, echki, tovuklar va odamga yuqishi mumkin. Kasallik hayvonlar jinsiy organlari zararlanishi bilan kechadi. Infeksiya jinsiy organlarning shilliq pardasida boʻlib, hayvonlarni qochirish vaqtida, shuningdek, toʻshama, ozuqa va b. orqali yuqadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi — Campylobacter fetus (vibriofetus) veneralis hisoblanadi. Kasallik dunyoning barcha mamlakatlarida qayd qilingan.

Kasallik qoʻzgʻatuvchisi 1903—13-yillarda topilgan. Kasal haivon qisir qoladi va sutdan chiqadi, oriqlaydi, boʻgʻoz boʻlsa bola tashlaydi, bolasi koʻpincha oʻlik tugʻiladi, tirik tugʻilgani 1—2 kunda oʻladi, yoʻldoshi koʻp hollarda tushmaydi, qon va yiring aralash shilliq suyuqlik chiqib turadi. Erkak hayvonlarda urugʻdoni yalligʻlanadi. Kasallik klinik, epizootologik, bakteriologik, serologik maʼlumotlarga asosan aniqlanadi.

Davolash: kasal qoramollarga streptomitsin, penitsillin, bitsilin va b. dorilar beriladi, 3 marta ketmaket urugʻlantirilgandan keyin boʻgʻoz boʻlmagan sigir hamda gʻunajinning bachadoniga (kuyikish vaqtida), buqalarning preputsiya boʻshligʻi va mushak oraligʻiga (3—4 kun qatorasiga) antibiotik yuboriladi. Davolangandan soʻng bir oy oʻtgach, buqalarning spermasi va preputsiya shilligʻi tekshirilib, ularning tuzalganligi aniqlanadi. Kasal qoʻylar ham antibiotiklar bilan davolanadi. Bundan tashqari, qoʻy bachadoniga kaliy permanganat eritmasi yuboriladi.

Oldini olish: hayvonlar sinchiklab tekshiriladi, kasallangan hayvonlar ajratib, alohida boqiladi, davolanadi, sunʼiy qochirish usulidan foydalaniladi, nosogʻlom xoʻjaliklar dezinfeksiya qilinadi.

Adabiyot




Hoshim Nurmamatov.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Kampilobakterioz — bu bakterial infeksiya bo‘lib, odatda Campylobacter jinsidagi bakteriyalar, ayniqsa Campylobacter jejuni yoki Campylobacter coli tomonidan yuzaga keladi. Bu kasallik asosan ichaklarni zararlaydi va gastroenterit (ich qotishi, diareya) shaklida namoyon bo‘ladi. Kampilobakterioz insonlarda eng ko‘p uchraydigan oziq-ovqat orqali yuqadigan gastroenterit sababchilaridan biridir.

Sabablari

Kampilobakterioz kasalligi asosan quyidagi manbalardan yuqadi:

Belgilari

Kasallik belgilari odatda infektsiyadan keyin 2–5 kun ichida paydo bo‘ladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Ko‘pchilik bemorlar uchun simptomlar 1 haftagacha davom etadi va o‘z-o‘zidan yaxshilanadi, lekin ba’zan kasallik og‘ir kechishi yoki asoratlar yuzaga kelishi mumkin.

Diagnostika

Kampilobakteriozni aniqlash uchun odatda bemorning najasidan histologik yoki mad biologik testlar yordamida Campylobacter bakteriyasi izlanadi.

Davolash

Oldini olish

Kampilobakterioz odatda jiddiy xavf tug‘dirmaydi, lekin immun tizimi zaif bo‘lgan va yosh bolalarda asoratlar paydo bo‘lishi mumkin, shuning uchun oldini olish va kerak bo’lganda shifokorga murojaat qilish muhimdir.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz