Kamongaron suv ombori




Kamongaron suv ombori — Oʻzbekistonning Samarqand viloyatida qurilgan suv ombori. 2015-yil Kamongaron soyi to‘silib qurilgan. Suv sigʻimi 1,5 million m³, maydoni 16 gektar.

Suv ombori Urgut tumanidagi 100 gektarga yaqin yerni suv bilan ta’minlaydi, meliorativ holatini yaxshilaydi. Kamongaron va Vag‘ashti qishloqlari aholisi va fermer xo‘jaliklarining suvga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondiradi.

Suv ombori qurilishi uchun 17 milliard 884 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz