Kamondan otish




Kamondan otish - sport turi. Diametri 40—122 sm doyra nishonga 18–90 m uzoklikdan 30 yoki 36 tadan oʻq uzilib ochko toʻplanadi. K.o. 15-asrda Shveysariyada paydo boʻlgan. Musobaqalarning hozirgi qoidalari 19-asr oxirida ishlab chiqilgan. Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgandan soʻng (1900) koʻp mamlakatlarda keng tarqaldi. 1931-yildan jahon chempionati oʻtkaziladi. Xalqaro K.o. federatsiyasi (FITA, 1931-yil asos solingan)ga 127 ta milliy federatsiya aʼzo (2002), Oʻzbekiston K.o. federatsiyasi 1991-yilda kirgan. AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Polsha, Rossiya kabi davlatlarda K.o. keng yoyilgan. Oʻzbekistonda K.o. 20-asr ning 60-y.laridan ommalashdi. Respublikamizning Natalya Butuzova, Olga Rogova, Vadim Shikaryov, Surayyo Vakilova, Eldor Sayfullin, Zamir Axmedov kabi kamonchilari jahon, qitʼa chempionatlari va nufuzli musobaqalarda gʻalaba qozonishgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz