Kamolova Qamara Shodmonovna




Qamara Shodmonovna Kamolova (1938.9.12, Buxoro) — rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1982). Faoliyatini 1964-yil Toshkent telestudiyasida boshlagan. 1965-yildan "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida kinorej. "Gʻaroyib sarguzasht", "Rahim va qoʻngʻiz", "Bulutni kim yasadi", "Qiz-bola va yulduzcha", "Velosipedcha qochib ketdi" kabi multfilmlarni ishlagan. Eng yaxshi badiiy filmlari: "Achchiq danak", "Oʻzganing baxti", "Ertaga chiqasanmi?", "Nabiramiz militsiyada ishlaydi", "Boʻlmagan narsa haqida", "Yovvoyi", "Atrof qor bilan qoplandi" va b. 1993-yil "Shod" studiyasini tashkil qilib, unga rahbarlik qilib keladi. "Achchiq danak" filmi Qohira kinofestivali (1978)ning "Kumush Nefertiti" sovrini, Fransiyaning Strasburg sh.da oʻtkazilgan kinofestival (1979) sovrini bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz