Kamolon koʻchasi (Toshkent)
Kamolon koʻchasi — Shayxontohur tumanidagi „Yangiobod“ va „Kamolon“ mahallalari hududida. Bunyodkor shohkoʻchasi va Yangiobod koʻchasi oraligʻida joylashgan. Uzunligi 1 km atrofida.
Toshkent shaharning eng qadimgi koʻchalaridan biri. Dastlab nomsiz boʻlgan. 1893-yilda Kamolon nomi berilgan. 1992-yildan Toji Rasulov nomi bilan yuritilgan. 2008-yil 6-mayda joyning tarixiy nomi qayta tiklanib, koʻchaga „Kamolon“ nomi berilgan.
Koʻcha yoʻnalishida Xoʻja Alambardor maqbarasi va qabristoni, mahalla idorasi, guzar, savdo shoxobchalari joylashgan. Yaqinida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining binosi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy bogʻi, "Milliy bogʻ" metro bekati, Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati koʻrgazmasi, "Zax" qabristoni, Zax arigʻi mavjud.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org