Kamoliddin Gʻopirov
Kamoliddin Gʼopirov ( 1949-yil, 26 dekabr, Andijon viloyati) — Oʼzbekiston Qahramoni, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan xalq ta'limi xodimi.
Tarjimai holi
Kamoliddin Gʼopirov 1949-yil 26-dekabrda Andijon viloyati Boʼz tumanida tugʼilgan. Shahrixon tumanidagi 61-oʻrta maktabni, 1966-1971 yillarda Andijon Davlat pedagogika universiteti biologiya fakultetinini tamomlagan. 1971-1992 yillarda Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi 61-o'rta maktabda kimyo fani o'qituvchisi, 1992-1999 yillarda Shaxrixon shahridagi 2-litseyda ilmiy bo'lim mudiri va kimyo fani o'qituvchisi lavozimida, 1999-2002 yillarda Shahrixon tumanidagi 61-umumiy o'rta ta'lim maktabida kimyo fanini chuqur o'rganuvchi sinflar rahbari va kimyo fani o'qituvchisi sifatida mehnat qilgan. 2002 yildan buyon 44-ixtisoslashtirilgan umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.
O'zbekiston XDP a`zosi, 2009-2014 yillarda 24-Bo'ston saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman kengashiga, 2015 - 2019 yillarda Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi deputati etib saylangan.
Oilali, besh nafar farzandi bor.
Ilmiy-ijodiy faoliyati
2006-yildan shu kunga qadar Andijon Davlat Universitetining “Umumiy kimyo” kafedrasida dotsent lavozimida talabalarga “Kimyodan masalalar yechish”, “Kimyo fanini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiya” fanlaridan dars beradi.
Shu kunga qadar K.G'opirovning ilmiy-ijodiy ishlari mahsuli sifatida 31 nomdagi , 2002 - 2004 yillarda umumta'lim maktablarining 7-, 8-, 9-sinflari uchun Kimyo fanidan darsliklar va shu sinflarda kimyo fani o'qituvchilari uchun metodik qo'llanmalar, 2010 - yilda “Kimyodan masala va mashqlar yechish”, “Kimyodan masala va mashqlar yechish usullari” nomli umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'quvchilari uchun qo'llanma, 2011-yilda “Kimyo asoslari” nomli qo'llanma, 2012- yilda 7-sinflarda kimyo fanini o'qitish o'qituvchilari uchun metodik qo'llanma va boshqa darslik va o'quv qo'llanmalari chop etilgan.
uz.wikipedia.org