Kamoliddin Binoiy




Kamoliddin Binoiy (asl ismi Kamoliddin Ali Muhammad Sabz) (1453-yil, Hirot, Temuriylar imperiyasi — 1512, Qarshi, Buxoro xonligi) — shoir, musiqashunos, tarixchi. Fors tilida ijod qilgan.

Hayoti



Kamoliddin Binoiy asl ismi Kamoliddin Ali Muhammad Sabz 1453—yilda Hirotda taniqli meʼmor usta Muhammad Sabz oilasida dunyoga kelgan. Yoshlik vaqtlari Shohruh Mirzo vafotidan keyin mamlakatda kuchayib ketgan toj-u taxt uchun kurash va oʻzaro urushlar sharoitida kechgan. 1458—yilda Qora qoʻyunlilar sulolasidan boʻlgan Jahonshoh Xurosonga bostirib kirib, Hirotni egallab oladi. Lekin oradan koʻp vaqt oʻtmay temuriyzoda Sulton Abu Said qoʻshinlarining tazyiqi ostida mamlakatni tashlab chiqishga majbur boʻladi. Oʻsha vaqtda Jahonshoh oʻzi bilan birga shahardan 100 nafar hunarmand oilasini olib ketadi. Bular orasida meʼmor Muhammad Sabz va uning oilasi ham bor edi. Binoiyning oilasi qariyb uch yil Sherozda istiqomat qilib, 1461—yilda yana Hirotga qaytib keladi.

1487-yilgacha Hirotda adabiyot, sheʼr ilmi, insho, musiqa va tarix fanlarini oʻrgangan. Alisher Navoiy uning "bagʻoyat qobiliyati borligi, xatga ishq paydo qilgani, musiqaga mayl koʻrgazgani aytgan („Majolis un-nafois“). Bundan tashqari u meʼmorchilik sanʼatida ham oʻz
zamonasining peshqadamlaridan hisoblangan. Muhammad Sabz va uning oʻgʻli ishtirokida qurilgan binolar Hirotda va mamlakatning boshqa shaharlarida juda koʻp boʻlgan. Masalan, 1481—yili hozirgi Afg'onistonning Mozori sharif shahrida, (eski nomi Xoʻja hayron) Ali ibn Abu Tolib (656 — 661) mozori tepasiga qurilgan muhtasham maqbara va boshqa binolar shular jumlasidandir. Kamoliddin Binoiy 1487-yilda Tabrizga ketgan, u yerda Xurramiy, Ogahiy, Mazhariy, Ruhiy, Qozi Isolar bilan muloqotda boʻlgan. 1491-yil Hirotga qaytgan, 1495-yilda Samarqandga kelgan. Bu yerda 2 qismdan iborat „Behruz va Bahrom“ masnaviysini yozib tugatgan (1500). Masnaviyda ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-tarbiyaviy masalalar ifodalangan. Samarqand hokimi Sulton Ali Mirzoga bagʻishlab „Majmaʼ ul-gʻaroyib“ qasidasini yozgan (1498). Binoiy dastlab xoʻja Ubaydulla Ahrorning toʻngʻich oʻgʻli xoʻja Qutbuddin Yahyo, soʻng Zahiriddin Bobur, undan keyin 1501—yildan to umrining oxirigacha, Shayboniyxon huzurida uning saroy shoiri va tarixchisi boʻlib xizmat qildi. 1507—yili Binoiy Shayboniyxon bilan birga Hirotga keldi va 1510—yilgacha ona shahrida istiqomat qildi. 1511—yili shaharga Ismoil Safaviy qoʻshinlari yaqinlashishi bilan, u yana Movarounnahrga ketadi va Qarshi shahrida kun kechirdi.

Vafoti



Shayboniyxon vafotidan soʻng Kamoliddin Binoiy Qarshiga kelgan va shaharni mudafa qilish ishlarida qatnashgan. Safaviylar uyushtirgan ommaviy qirgʻinda halok boʻlgan.

Asarlari



"Shayboniynoma" fors tilida yozilgan sheʼriy doston boʻlib, asarda XV asr oʻrtalaridan 1505-yilgacha Movarounnahr va Dashti qipchoqda sodir boʻlgan voqealar tasvirlangan. „Shayboniynoma“ asari matni chop etilmagan. Lekin, uning qoʻlyozma
nusxalari koʻplab joylarda saqlanmoqda. „Shahanshohnoma“ kitobida esa Ismoil Safaviyning harbiy yurishlari, XVI asr boshlaridagi Buxoro xonligi bilan Eron oʻrtasidagi munosabatlar ifodalangan. Shoirning 4282 misradan iborat sheʼriy devoni, „Futuhoti xoniy“, „Hikoyati safari Binoiy“ kitoblari musiqa ilmiga doir. Rost maqomida bastalangan „Noʻhrang“ („Toʻqqiz rang“) asari ilmiy va badiiy qimmatga ega.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Kamoliddin Binoiy — o‘zbek adabiyotining yorqin vakili bo‘lib, o‘z asarlari orqali o‘zbek xalqining tarixiy va madaniy merosini yoritishga katta hissa qo‘shgan buyuk shoir va yozuvchilardan biridir. U ko‘pincha milliy ozodlik, vatanparvarlik, insoniy qadriyatlar va ijtimoiy adolat mavzularini o‘z asarlarida tadqiq qiladi.

Kamoliddin Binoiy ijodi 20-asr o‘zbek adabiyotida muhim o‘rin egallaydi. U shoir sifatida nafaqat an’anaviy she’riyatga, balki yangi badiiy shakllarga ham katta e’tibor beradi, o‘z ifodasi va tili bilan o‘ziga xos uslubni yaratadi. Uning asarlarida uslubiy xilma-xillik, lirizm va falsafiy chuqurlik seziladi.

Binoiy shuningdek, madaniy-ma’rifiy faoliyatda ham faol ishtirok etgan, yosh avlodni ma’naviy taraqqiyotga chorlagan. Uning ijodi o‘zbek xalqining o‘ziga xosligini saqlash va uni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Kamoliddin Binoiy haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun uning she’rlari, dostonlari va adabiy asarlarini o‘rganish tavsiya etiladi, shuningdek, uning hayoti va ijodi bo‘yicha adabiyotshunoslik tadqiqotlari bilan tanishish mumkin.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz