Kamol Tabriziy
Kamol Tabriziy — (forschasi-کمال تبریزی) Eronlik kino rejjisyor 1959-yil 28-oktyabrda Tehronda tugʻilgan. Keyinchalik ota-onasi u yerdan Tabrizga koʻchishgan. Kamol Tabriziy Tehron sanʼat universitetini kino va teatr fakultetini tamomlagan.
Avtobiografiyasi
Tehrondagi sanʼat universitetining kino va televideniya fakultetini tugatgandan soʻng oʻsha paytda boʻlayotgan Eron-Iroq urushiga borishga toʻgʻri keladi.(1981-1989) U yerda rejissyor va fotograf sifatida oʻzining birinchi hujjatli filmini suratga oldi, „ Urush shahidlari“ Toshkent kinofestivalida eng yaxshi hujjatli film mukofotiga sazovor boʻldi. U bir necha yil davomida yosh kino jamiyati va kino yaratish oʻquv markazida kino va rejissyorlikdan dars bergan va kino boʻyicha koʻplab seminarlar tashkil qilgan. U oʻzining birinchi badiiy filmini 1988-yilda yaratdi. Oʻshandan beri u 18 dan ortiq badiiy filmlar yaratdi, shu jumladan Yaponiya bilan ikkita qoʻshma film („Shamol gilamchasi“ (2001) Eron bozorida eng koʻp yaxshi sotilgan). Uning badiiy filmlari va teleseriallari Eron bozoridagi eng mashhur filmlardan biri boʻlib, xalqaro kinofestivallarda yaxshi kutib olingan va taqdirlangan.
Kinolari
Manbalar
uz.wikipedia.org