Kamo Hovhannisyan




Kamo Hovhannisyan (talaffuzi: Kamo Oganesyan) (1992-yil 5-oktyabrda tugʻilgan) — armanistonlik futbolchi, hozirda Armaniston terma jamoasi va Qozogʻiston Premyer-ligasining „Astana“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Kamo Hovhannisyan Yerevanda Artashes va Gayane Hovhannisyanning oilasida tugʻilgan. U 6 yoshida futbol bilan shugʻullana boshlagan va ikki yildan soʻng Shengavit futbol maktabiga qabul qilingan. Shengavitni tanlashiga sabab u maktabning futbolchi uyiga yaqinligini taʼkidlagan. Uning oilasi haqiqiy futbol muhlislari edi. Kamo ham shu tariqa futbolchi boʻlishga qaror qilgan. Bundan tashqari, ukasi Hovhannes ham uning izidan borib futbolchilikni tanlagan. Shengavitda u ikki yil oʻynagan, shundan soʻng otasining istagiga binoan u Pyunik futbol maktabiga borgan. 2008-yilgi mavsumda Hovhannisyan 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasi oʻyinchilarini yigʻgan Patani klubida oʻynagan. Keyingi mavsumda u yana Pyunikga koʻchib oʻtgan. Hovhannisyan asosan Birinchi ligada oʻynagan. 2009-yilda u Pyunik bilan shartnoma imzolagan. Uning asosiy klubdagi debyuti 2009-yilgi mavsumda boʻlgan. Bu oʻyin 7-aprel kuni Armaniston kubogi chorak finalida Kilikiyaga qarshi javob oʻyinida oʻtkazilgan. Hovhannisyanning Armaniston Premyer-ligasidagi debyuti toʻrt kundan soʻng yana Kilikiya jamoasiga qarshi oʻtkazilgan. Har ikki uchrashuvda ham Pyunik jamoasi raqibi ustidan gʻalaba qozongan. 2011-yilning 12-iyulida Chexiyaning „Viktoriya Plzen“ klubiga qarshi Chempionlar ligasi doirasidagi oʻyinda „Pyunik“ 0:4 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda Hovhannisyan asosiy tarkibda maydonga tushgan.

2018-yilning 16-yanvarida „Alashkert“ FK Hovhannisyanning 2020-yilning 1-avgustiga qadar jamoa bilan shartnoma imzolagnini eʼlon qilgan. Biroq, 2018-yil 23-yanvarda Hovhannisyan Qozogʻiston Premyer-ligasining „Jetisu“ klubiga oʻtgan. 2020-yilning 11-yanvarida Hovhannisyan ikki yillik shartnoma asosida Qozogʻiston Premyer-ligasining "Qayrat" klubiga qoʻshilgan.

2022-yil 19-yanvarda Hohvannisyan Astana jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati



Hovannisyan 2012-yilning 28-fevralida Serbiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Armaniston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlari



Klub



"Qayrat" FK

Pyunik

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz