Kamo Gazarov




Kamo Aleksandrovich Gazarov (rus. Камо Александрович Газаров; 1959-yil 5-dekabr, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2018-yil, 14-mart, Kaliningrad, Rossiya) — sovet va oʻzbek futbolchisi, himoyachi va yarimhimoyachi sifatida oʻynagan. Futbolchi sifatida faoliyatini yakunlab, murabbiy boʻlgan.

Faoliyati



Kamo Gazarov oʻz faoliyatini 1985-yilda Samarqandning „Dinamo“ klubi tarkibida boshlagan. 1985-yilgi mavsumda 21 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. Gazarovning 1986-1989 va 1991—1992-yillardagi faoliyati haqida aniq ishonchli maʼlumotlar yoʻq. 1990-yil davomida „Sherdor“ klubida toʻp surgan va unda yettita oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. 1993-yil Samarqandning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan va ushbu jamoada 23 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan.

Murabbiy sifatida faoliyati



Futbolchi sifatida faoliyatini yakunlagach, murabbiy boʻlgan va Samarqand „Dinamo“sining turli tuzilmalarida ishlagan. 2010-yilgacha ushbu klubda kichik murabbiylardan biri boʻlgan. 2010 va 2011-yilgi mavsumlarda Samarqandning „Registon“ jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan. 2012-yilda „Dinamo“ga qaytib, bosh murabbiy yordamchisi boʻlgan. Oʻsha yilning ikkinchi yarmida „Buxoro“ bosh murabbiyi yordamchisi boʻlib ishlagan. 2013-yil boshida Samarqandning „Dinamo“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan va shu yilning iyuligacha jamoani boshqargan. Oʻsha mavsumning ikkinchi yarmidan Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi, yozdan esa „Buxoro“ bosh murabbiyi yordamchisi boʻlib ishlagan.
2017-yilda Rossiyaga yashash uchun koʻchib oʻtgan, 2018-yil 14-martda Kaliningradda vafot etgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz