Kamil Wilczek
Kamil Antoni Wilczek (talaffuzi: Komil Vilchek; 1988-yil 14-yanvarda tugʻilgan) — Polshalik professional futbolchi, Piast Gliwice va Polsha terma jamoasida oʻynaydi.
Wilczek 2015-yilda Carpida o‘ynagan, yarim yildan so‘ng 2016-yil yanvarida Daniyaning Brøndby IF klubiga o‘tgan. 2019-yilda Johan Larsson va Benedikt Röckerning ketishidan keyin „Brøndby“ sardori boʻldi. Shuningdek, musobaqada jami 71 ta gol urgan klubning Superligadagi eng yaxshi toʻpurari hisoblanadi.
2016-yilning oktabr oyida Wilczek Polsha milliy terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushdi, avvalroq 21 yoshgacha boʻlganlar jamoasida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliuayi
Wodzisław Śląskida tugʻilgan Wilczek faoliyatini mahalliy Wodzisław Śląski klubida boshlagan, keyin LKS Silesia Lubomia klubiga ijaraga oʻtgan. 2007-yilning sentyabridan 2008-yilning dekabrigacha Polsha birinchi ligasida UD Horadada va Elche CF Ilicitano klublarida oʻynagan Qishki transfer oynasida Piast Gliwicega qoʻshildi va 2009-yilning fevralida Ekstraklasada debyut qildi 2010-yil iyun oyida Zagłębie Lubinga oʻtdi. Klubda uch yil oʻynadi. 2013-yilda Piast Glivitsaga qaytdi va 2015-yilda 20 ta gol bilan Ekstraklasaning eng yaxshi toʻpurariga aylandi.
Brøndby
2016-yil yanvar oyida Wilczek Daniyaning Brøndby IF klubi bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi. 2018-yil aprel oyida Brøndby bilan Superliga chempionligi uchun kurashda Wilczek beshta o‘yinda yettita gol urdi. Oʻyinlari tufayli Daniya Superligasining 2018-yil aprel oyidagi oyning eng yaxshi futbolchisi mukofotini oldi. 2018-yilning 10-mayida 2017—2018-yilgi Daniya kubogi finalida Brøndby Silkeborgga 2 ta gol urdi (3 – 1).
Göztepe
2020-yil 22-yanvar kuni Turkiya Superligasining Göztepe SK klubi Wilczek bilan bir yarim yillik shartnoma imzolaganini tasdiqladi. 26-yanvar kuni Beşiktaşga qarshi oʻyinning 88-daqiqasida Cameron Jeromening oʻrniga maydonga tushib debyut qildi. 8-iyul kuni MKE Ankaragücüga qarshi oʻyinda (2:2) birinchi golni penaltidan urdi. Wilczek „Göztepe“ safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Copenhagen
2020-yil 6-avgustda, Brøndbyni tark etganiga 6 oy oʻtgach, Wilczek Brøndbyning ashaddiy raqibi Copenhagenga oʻtdi. Klub bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
17-sentabr kuni Yevropa Ligasining ikkinchi saralash bosqichida Ullevida IFK Göteborgga qarsi bahsda ilk Yevropa musobaqasidagi uchrashuvini oʻtkazdi.
Piast
2022-yil 31-yanvarda Wilczek Copenhagen bilan shartnomasini bekor qildi va Piast Gliwice bilan ikki yarim yillik shartnoma asosida qoʻshildi. Bu oʻz faoliyati davomida uchinchi marta Sileziyaliklar bilan shartnoma imzolashi edi
Xalqaro faoliyati
Wilczek Polsha U19 va Polsha U21 jamoalarining aʼzosi edi.
2015-yilning oktyabr oyida Shotlandiya va Irlandiya Respublikasiga qarshi UEFA Yevro-2016 saralash bosqichida Polsha terma jamoasi safiga ilk chaqiruvini oldi.
2018-yil may oyida Rossiyada boʻlib oʻtadigan JCh-2018 uchun Polshaning 35 kishilik dastlabki terma jamoasiga kiritilgan. Biroq, yakuniy 23 kishilik tarkibga kirmadi
Faoliyat statistikasi
Klub
28-noyabr, 2022-yil[17][18][19]
Xalqaro
10-noyabr, 2017-yil[17].
Yutuqlari
Brondby IF Individual Manbalar
uz.wikipedia.org