Kamil Grabara




Kamil Mieczysław Grabara (talaffuzi: Komil Grabara; 1999-yil 8-yanvarda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Daniya Superligasi vakili Copenhagen va Polsha milliy terma jamoasi darvozaboni.

Klublardagi faoliyati



Grabara 2016—2017-yilgi mavsum oldidan Ruch Chorzówdan 250 000 funt sterling evaziga „Liverpool“ jamooasiga qoʻshildi va 2018—2019-yilgi mavsumda klubning asosiy jamoasi tarkibida koʻp koʻrinish berdi. Melwoodda asosiy jamoa bilan doimiuy mashgʻulot oʻtkazdi va 2018-yil iyul oyida Tranmere Roversga qarshi mavsumoldi oʻrtoqlik oʻyinida tarkibdan joy oldi. 2018-yil 26-sentyabr kuni Grabara „Anfield“da „Liverpool“ning Angliya kubogida doirasidagi „Chelsea“ ga oʻyinida (2:1, magʻluniyat) ilk bor rasmiy oʻyinda zaxiraga kiritildi. 2019-yilning 6-yanvarida Grabara AGFga oʻtdi va mavsum oxirigacha ijara asosida oʻynadi. 2019-yilning 15-iyulida Grabara Chempionshipning „Huddersfield Town“ klubiga mavsumiy ijara shartnomasi asosida qo‘shildi.

2020-yil sentyabr oyi oxirida Grabara Daniyaning AGF klubiga 2020—2021-yilgi mavsum uchun ijara asosida qoʻshildi.

2021-yil 3-iyulda Grabara Copenhagenga oʻtdi. Klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi

Xalqaro faoliyati



Grabara 2017-yilning 14-noyabrida Daniyaga qarshi o‘yinda debyut qilgan, jamoadagi faoliyati davomida Polsha U21 terma jamoasining asosiy darvozaboni bo‘lgan.

2022-yil 24-mart kuni Shotlandiya bilan oʻrtoqlik oʻyini va 2022-yil 29-mart kuni Shvetsiyaga qarshi 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi pley-off oʻyinlari uchun Polsha milliy futbol terma jamoasiga chaqirildi.

2022-yil 1-iyun kuni Grabara Uelsga qarshi UEFA Millatlar ligasi doirasidagi oʻyinda maydonga tushib, milliy terma jamoada debyut qildi.

Oʻyin uslubi



Grabara jarima maydonchasida ustunlik qila oladigan, tezkor refleksli seyvlarni amalga oshira oladigan darvozabon sifatida taʼriflanadi.

Shaxsiy hayoti



Grabara Janubiy Polshadagi Ruda Slaska shahridan. 2005-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finali qahramoni Jerzy Dudekdan keyingi „Liverpool“ning ikkinchi polshalik darvozaboni boʻlgan.

Faoliyat statistikasi



Klub



22-may, 2022-yil holatiga koʻra[18]

Xalqaro



12-iyun, 2022-yil holatiga koʻra

Yutuqlari



Copenhagen

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz