Kameyama, Mie




Kameyama (yaponcha: 亀山市 Kameyama-shi?) Yaponiyaning Mie prefekturasida joylashgan shahardir. 2021-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, shaharda 21,745 ta xonadonda 49,457 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 260 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 190,91 km2 (73,71 sq mi) ga teng.

Geografiyasi



Kameyama Mie prefekturasining shimoliy-markaziy qismida joylashgan. Shaharni shimoli-gʻarbiy qismidan Suzuka togʻlari, janubi-gʻarbiy qismidan esa Nunobiki togʻlari oʻrab turadi. Shahar hududining yarmidan koʻpi oʻrmonlardan iborat.

Qoʻshni munitsipalitetlar



Mie prefekturasi

Shiga prefekturasi

Iqlimi



Kameyama nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq va qishi salqin hamda qor yogʻmaydi. Kameyamada oʻrtacha yillik harorat 15.1 °C (59.2 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,853.7 mm (72.98 in) eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26.7 °C (80.1 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan 4.3 °C (39.7 °F) boʻladi.

Demografiyasi



Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Kameyama aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida sekin oʻsgan.

Tarixi



Kameyama Tokugava syogunati ostidagi Ise-Kameyama domeniga tegishli boʻlgan Kameyama qal’asi sifatida rivojlangan. XVII asrning boshlarida qal’a shaharchasi Kameyama-juku, Tokaidoning qirq oltinchi pochta stansiyasi edi. Tokaidodagi Seki-juku va Sakashita-juku ham uning chegaralariga kiradi. Ilk Meidzi davrida zamonaviy munitsipalitetlar tizimini tashkil etish jarayonida Kamayama-juku Suzuka tumanidagi Kameyama shahri sufatida tashkil etilgan. 1954-yil 1-oktyabrda u shahar maqomiga koʻtarildi.

2005-yil 11-yanvarda Seki shahri (Suzuka tumanidan) Kameyamaga birlashtirildi.

Hukumat



Kameyama toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Kameyama Mie prefekturasi assambleyasiga bitta aʼzodan hissa qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Mie 2-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti



Shamlar shaharning anʼanaviy mahsuloti hisoblanadi. Sharp korporatsiyasi 2004-yil 8-yanvardan beri shaharda dunyodagi eng yirik LCD zavodlaridan birini boshqarib kelmoqda. 

Taʼlim tizim



Kameyamada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻn bitta davlat boshlangʻich taʼlim maktabi va uchta davlat oʻrta taʼlim maktabi hamda Mie prefekturasi taʼlim boshqarmasi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta taʼlim maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, bitta xususiy litsey ham mavjud.

Transport




Temir yoʻl



JR Tokai — Kansai magistral liniyasi

JR Tokai — Kisei magistral liniyasi

JR Gʻarb — Kansay magistral liniyasi

Magistral yoʻl




Mahalliy diqqatga sazovor joylar




Xalqaro munosabatlar



Qardosh shaharlar — qardosh shaharlar



Kameyama bilan birodarlashgan shaharlar :

Taniqli odamlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz