Kamerun milliy futbol terma jamoasi
Kamerun milliy futbol terma jamoasi laqabi fransuzcha: Les Lions Indomptables (Shiddatli sherlar) deb nomlangan, Kamerun davlatining milliy futbol terma jamoasi, xalqaro futbol musobaqalarda oʻsha davlat shonini himoya qiladi. Fédération Camerounaise de Football tomonidan boshqariladi va 7 marta jahon chempionatlarida ishtirok etgan (1982, 1990, 1994, 1998, 2002, 2010 va 2014-yilgi chempionatlar), bunday natijaga boshqa hech qaysi Afrika davlati erishmagan. Ular 1990yilgi jahon chempionati chorak finaliga chiqqan ilk Afrika davlatiga aylandi, oʻshanda Kamerun qoʻshimcha taymda Angliya terma jamoasiga magʻlub boʻlgan edi. Shuningdek, ular 4 marta CAF Afrika millatlar kubogi sohibi ham boʻlishgan.
Tarixi
Ilk uchrashuvlari
Kamerun ilk rasmiy uchrashuvida 1956-yili Kongo DR terma jamoasi bilan oʻynagan va oʻshanda 3-2 hisobida yuqazgan edi. Kamerun ilk bora 1970-yili CAF Afrika millatlar kubogi musobaqasiga chiqqan, biroq birinchi rounddan magʻlub boʻlgan edi. Oradan ikki yil oʻtib, Kamerun qitʼa chempionatiga mezbonlik qiladi va oʻshanda Shiddatli sherlar 3-oʻrinni olgan edi. Ular keyingi 10 yil ichida biror bir musobaqalarga yoʻllanma ololmadi.
Jahon chempionatidagi koʻrsatkichlari
Oʻyinchilar
Hozirgi tarkib
Quyidagi 23 futbolchi FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqasida qatnashgan.
Oʻyinchilar ishtiroki soni va gollar soni 2014-yil 23-iyunda Braziliya bilan kechgan uchrashuvdan keyin hisoblangan.
uz.wikipedia.org