Kamenka (Jambul viloyati)




Kamenka (qozoqcha: Каменка) — Qozogʻiston Respublikasining Jambul viloyati, Turar Risqulov tumanidagi qishloq. Qaraqistaq qishloq okrugining maʼmuriy markazi. Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi — Lugovoe (18 km). Tuman markazi Qulan qishlogʻidan 11 km (boshqa maʼlumotlarga koʻra 15 km ga yaqin) sharqda, daryo boʻyida joylashgan. Qaraqistak nam agroiqlim zonasida boʻlib, tuprogʻi toʻq jigarrang, togʻ etaklarida tukli shuvoq, qipchoq oʻsimliklari oʻsadi. KATO kodi — 315035100. Qishloq hududidan Olmaota-Taraz avtomobil yoʻli oʻtgan.

Aholisi



1999-yilda qishloq aholisi 2493 kishini (1294 erkak va 1199 ayol) tashkil qilgan. 2009-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, qishloqda 2454 kishi (1232 erkak va 1222 ayol) yashagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz