Kamchatka oʻlkasi madhiyasiga




Kamchatka o‘lkasi madhiyasi (rus. Gimn Kamchatskogo kraya, Gimn Kamchatskogo Kraya) Rossiyaning uzoq sharqidagi o‘lka, Kamchatka o‘lkasining 2010-yil 5-martdagi 397-sonli „Kamchatka o‘lkasi madhiyasi to‘g‘risida“gi qonuni asosida qabul qilingan. Qoʻshiq matni Boris Dubrovin tomonidan yozilgan, musiqa esa Yevgeniy Morozov tomonidan bastalangan. Madhiyani joriy etish toʻgʻrisidagi qonun 2010-yil 1-iyulda qabul qilinagn boʻlib, oʻlka tashkil etilganining uch yilligi sanasida kuchga kirdi.

Tarix



Kamchatka oʻlkasi 2007-yil 1-iyulda Kamchatka viloyati va Koryak avtonom okrugining birlashishi natijasida tashkil topgan. 2008-yil 18-avgustda geraldik komissiya tomonidan yangi oʻlka uchun ramzlarni yaratish, „mintaqaning tarixiy rivojlanishini, uning maʼnaviy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va milliy merosini eng yorqin aks ettirish“ uchun tanlov eʼlon qilindi.

Tanlov 2008-yil 25-avgustdan 28-noyabrgacha boʻlib oʻtdi va eng yaxshi uchta madhiya mos ravishda 70 000, 40 000 va 20 000 rubl miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanishi kerak edi. Tanlovda Rossiyaning boshqa mintaqalaridan kelgan ishtirokchilar ham ishtirok etishlari mumkin edi. 2007-yil noyabr oyida sobiq Kamchatka viloyati uchun madhiyani bastalagan bastakor va Kamchatka xori kapellasining rahbari Yevgeniy Morozov xuddi shu madhiyani boʻlajak tanlovga taqdim etish niyatini bildirdi va bu „ikkalasi“dagi goʻyalar aks etgan musiqa va matn maqsadga mos kelishini aytdi. Biroq, u, shuningdek, qoʻshiq matniga baʼzi oʻzgartirishlar kiritish imkoniyatlari muhokama qilinganini, oxir-oqibat taklif qilingan madhiyaga toʻxtamga kelganini aytdi.

Morozovning madhiyasi tanlandi va 2010-yil 17-fevralda Qonunchilik Assambleyasi sessiyasida Kamchatka oʻlkasi madhiyasi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi. Qonun 2010-yil 1-iyulda kuchga kirdi, 2007-yil 1-iyulda oʻlka tashkil etilganining uch yilligi va yubiley tantanalari yangi madhiyaning birinchi chiqishlari, shu jumladan Morozov boshchiligidagi qoʻshma xor bilan birga oʻtkazildi.

2010-yil 23-noyabrda Kamchatka oʻlkasi hukumatining rasmiy veb-saytida madhiyaning rasmiy yozuvlari tanlab olingan. Bular 2010-yil noyabr oyi boshida Pavel Borisovich Ovsyannikov dirijyorligida Kamchatka xor kapellasining toʻliq ansambli va Moskva Globalis simfonik orkestri tomonidan yozilgan.

O‘shandan beri madhiya sport tadbirlari, folklor festivallari, bayroq kuni va Kamchatka o‘lkasi tashkil topgan kun kabi bir qancha rasmiy tadbirlarda ijro etilgan.

Matn




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz