Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari




 

Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbol assotsiatsiyasida Kambodja sharafini himoya qiladi. Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Kambodja Futbol Federatsiyasi (FFC) tomonidan boshqariladi. Milliy Futbol Federatsiyasi 1933-yilda tashkil etilgan va Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) va Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) tomonidan qoʻllab-quvvatlangan boʻlsa-da, Kambodjada ayollar futbolining rivojlanishi sekin kechdi va hozirda ham futbol mamlakatdagi eng mashhur ayollar sporti emas. Ayollar oʻrtasidagi birinchi milliy chempionat Kambodjada 2010-yilgacha oʻtkazilmagan edi. Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzining birinchi oʻyinini 2018-yilning iyun oyida oʻtkazdi. Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi AFF ayollar chempionatining uchta mavsumida qatnashib, ikki marta Sharqiy Timor ayollar terma jamoasini magʻlub etgan va bir marta Laos ayollar terma jamoasi bilan durang oʻynagan.

Ushbu maqolada Kambodja ayollar milliy futbol jamoasining tashkil etilganidan to hzoorgi kunga qadar (2022-yil sentabr oyi) xalqaro futboli doirasida barcha oʻtkazgna oʻyinlari haqida batafsil maʼlumot keltirilgan.

Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining umumiy natijalari



Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA tomonidan tan olingan birinchi oʻyinlarini 2018-yilda AFF ayollar chempionatida oʻtkazdi. Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi 2018-yil 30-iyun kuni Sharqiy Timor ayollar terma jamoasi ustidan 12:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. Lekin Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi guruh bosqichidagi qolgan uchta oʻyinda magʻlub boʻlishdi, barchasida boshqa bironta ham gol ura olmadi. Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019 va 2022-yillarda yana AFF ayollar chempionatiga ishtirok etdi. Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilda guruh bosqichidagi barcha oʻyinlarni boy berishdi. Lekin Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilda yaxshiroq natija koʻrsatib, Sharqiy Timor ayollar terma jamoasini yana magʻlub etdi va Laos ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda 1:1 hisobida durang oʻynadi. Shunga qaramay, ular guruh bosqichidan chiqa olishmadi. AFF ayollar chempionatidan tashqari Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi 2021-yilda Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida qatnashib, ikkala oʻyinda ham magʻlub boʻldi va hech qanday gol ura olmadi. 2018-yildagi birinchi turnirda Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining sardori Hout Koemhoung boʻldi. U bolalar uyida oʻsgan va olti yil davomida SALT akademiyasida shugʻullangan. 2022-yil Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining sardori Pan Cheavey boʻldi.

Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlar natijalari



Quyida Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.

Ushbu roʻyxatni tuzishda Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan[13].

Manba : Soccerway[14] sayti

Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻtkazgan barcha oʻyinlari



2018




2019




2022




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz