Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi




Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbol assotsiatsiyasida Kambodja sharafini himoya qiladi. Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Kambodja Futbol Federatsiyasi (FFC) tomonidan boshqariladi. Milliy Futbol Federatsiyasi 1933-yilda tashkil etilgan va Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) va Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) tomonidan qoʻllab-quvvatlangan boʻlsa-da, Kambodjada ayollar futbolining rivojlanishi sekin kechdi va hozirda ham futbol mamlakatdagi eng mashhur ayollar sporti emas. Ayollar oʻrtasidagi birinchi milliy chempionat Kambodjada 2010-yilgacha oʻtkazilmagan edi. Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzining birinchi oʻyinini 2018-yilning iyun oyida oʻtkazdi. Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi AFF ayollar chempionatining uchta mavsumida qatnashib, ikki marta Sharqiy Timor ayollar terma jamoasini magʻlub etgan va bir marta Laos ayollar terma jamoasi bilan durang oʻynagan.

Sem Shvaynruber bosh murabbiyligidagi 16 yoshgacha boʻlgan Kambodja ayollar futbol terma jamoasi 2009-yilning may oyida Laos ayollar terma jamoasi bilan oʻynaganida FIFA tomonidan tan olingan mamlakat terma jamoasi darajasidagi birinchi xalqaro oʻyinida oʻynagan va Nit Pean ushbu ilk xalqaro oʻyinlarda gol urgan birinchi ayol boʻlgan. 14 yoshgacha boʻlgan terma jamoaga Shvaynruber murabbiylik qiladi. Kambodja ayollar 14 yoshgacha futbol terma jamoasi 2011-yilda Vyetnamda boʻlib oʻtgan U-14 AFC ayollar kubogida ishtirok etgan.

Tarixi



Milliy assotsiatsiya 1933-yilda tashkil etilgan va 1954-yilda FIFA aʼzosiga aylangan. Milliy federatsiya ASEAN aʼzosi hisoblanadi.

AFCning AID27 dasturi Kambodjaga 2008—2012-yillar oraligʻida mamlakatda ayollar futbolini qoʻllab-quvvatlash uchun yiliga dastur doirasidagi maksimal 24 000 AQSh dollari ajratadi. FIFA tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan ayollar oʻyinining ommaviy rivojlanishi ham kuzatildi. FIFAning rivojlanish boʻyicha mutaxassisi Sem Shvaynruber bu haqda shunday dedi: „Kambodjadagi qizlarning Grassroots dasturida ishtirok etishi boshidanoq aqlga sigʻmas edi. Biz buni yengib oʻtishga muvaffaq boʻldik va endi bu mutlaqo normal holatga aylandi. Va bu kambodjalik yosh ayollarning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirishga yordam beradi va ularni yanada muhimroq his qiladi“.

Ayollar uchun futbol mamlakatdagi eng ommabop sport turlari orasida 5-10 oʻrinni egallaydi, lekin uning mashhurligi ortib bormoqda. Sport oʻynash uchun joy — bu mamlakatdagi barcha sport turlari oldida turgan asosiy muammo. 2000—2006-yillar oraligʻida mamlakatda roʻyxatdan oʻtgan ayol futbolchi yoʻq edi va mamlakatdagi 65 futbol klubining birortasi ham ayollar uchun ochiq emas edi.

2007-yilda faqat ikkita kambodjalik futbolchi ayol Gne Kom' Sorth va Lee Heang bor edi, ular, keyinchalik, FIFA tomonidan tasdiqlangan D-lisenziyasi asosida futbol murabbiyi nishoniga ega boʻlgan. Ikkalasi ham futbolga FIFAning „Spirit of Soccer“ dasturi orqali jalb qilingan.

2010-yilda Kambodjada ayollar oʻrtasida birinchi milliy chempionat oʻtkazilgan. 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatini mamlakatda translyatsiya qilish huquqini Kambodja teleradiokompaniyasi sotib olgan.

Mamlakatda ayollar futboli taraqqiyoti FIFA tomonidan 2009-yilda tarixiy deb baholangan edi. 2009-yilda Pnompenda Com-Unity ayollar futboli seminari boʻlib oʻtdi. Uch kun davom etgan seminarda Kambodja Futbol Federatsiyasi ayollar futbolini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi. Keyingi tadbirlar ham 2010-yilda FIFA tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Kambodjalik Chheun Nipha 2012-yilgi U-13 AFC qizlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi turniri doirasida tashkil etilgan AFC „C“ murabbiylik sertifikati kursida qatnashdi.

Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA tomonidan tan olingan birinchi oʻyinlarini 2018-yilda AFF ayollar chempionatida oʻtkazdi. Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi 2018-yil 30-iyun kuni Sharqiy Timor ayollar terma jamoasi ustidan 12:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. Lekin Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi guruh bosqichidagi qolgan uchta oʻyinda magʻlub boʻlishdi, barchasida boshqa bironta ham gol ura olmadi. Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019 va 2022-yillarda yana AFF ayollar chempionatiga ishtirok etdi. Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilda guruh bosqichidagi barcha oʻyinlarni boy berishdi. Lekin Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilda yaxshiroq natija koʻrsatib, Sharqiy Timor ayollar terma jamoasini yana magʻlub etdi va Laos ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda 1:1 hisobida durang oʻynadi. Shunga qaramay, ular guruh bosqichidan chiqa olishmadi. AFF ayollar chempionatidan tashqari Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi 2021-yilda Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida qatnashib, ikkala oʻyinda ham magʻlub boʻldi va hech qanday gol ura olmadi. 2018-yildagi birinchi turnirda Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining sardori Hout Koemhoung boʻldi. U bolalar uyida oʻsgan va olti yil davomida SALT akademiyasida shugʻullangan. 2022-yil Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining sardori Pan Cheavey boʻldi.

Jamoa tasviri



Sport toʻplamlari



Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi toʻplamining ranglari: koʻk, oq va qizil koʻylaklar, oq shortilar va qizil paypoqlardir.

Xalqaro musobaqalarda Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari



FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati




AFF ayollar chempionati




Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlari




Manba : Soccerway[29] sayti

Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlar natijalari



Quyida Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.

Ushbu roʻyxatni tuzishda Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan[30].

Manba : Soccerway[31] sayti

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz