Kamata Eikichi




Kamata Eikichi (yaponcha: 鎌田 榮吉; 1863—1934) — yapon siyosatchisi hamda pedagogi. U 1922-yildan to 1923-yilgacha taʼlim vaziri boʻlib ishlagan va 20 yildan ortiq Keyo universiteti prezidenti boʻlgan.

Taʼlimdagi faoliyati



1880-yillarda Kamata Keio universitetida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritgan, bu yerda ilgari oʻzi talaba boʻlgan. Kamata 1898-yilda Tokujiro Obatadan keyin universitet prezidenti lavozimini egallaydi.U 1922-yilda bu lavozimni tark etadi va Ichitaro Fukuzava toʻliq lavozimni egallashidan oldin uning oʻrniga Kadono Ikunoshin vaqtincha prezident etib tayinlandi.

Universitetdagi paytida u Amerika urf-odatlarini yoqtirgan, universitetning yangi qurilgan beysbol maydonida tantanali birinchi oʻyinlarni doimiy davom etishini istagan. Kamata gender tengligi tarafdori boʻlib, post-feodal Yaponiyada „sinflar oʻrtasidagi tenglik“ ga hamroh boʻlish zarur deb hisoblagan. Katsudo no Sekai oʻquv-kino jurnalida yozar ekan, u taʼlim maqsadlarida kinofilmlardan foydalanishni taklif qildi. Shuningdek, u boshqa taniqli pedagoglar va universitet prezidentlari bilan birga Koʻkuxonda koʻplab insholar nashr ettirgan.

Ushbu ilgʻor qarashlar bilan bir vaqtning oʻzida, Kamata universitetdagi hurmat va eʼtiboridan foydalanib, mustaqillikka boʻlgan vatanparvarlik nuqtai nazarini ilgari surgan taʼlim milliy davlat maqsadlarini amalga oshirishning kaliti ekanligiga ishongan.1920-yilda u talabalarga „aldamchi mafkuralarga aldanmasliklari va guruhga koʻr-koʻrona ergashmasliklari kerak lekin erkinlik, mustaqillik va oʻz-oʻzini hurmat qilish ruhini anglashlarini“ aytgan.

Vazirlik martaba



Kamata 1922-yildan 1923-yilgacha Maorif vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 1922-yil 11-noyabrida Kamata Tokiodagi Hibiya bogʻida Yaponiyaning birinchi keng koʻlamli sulh kunini nishonlash marosimida ishtirok etadi. U maʼrosimdagi bir nechta maʼruzachilardan biri edi, ular qatorida Uchida Kosai va Drew Pirson bor edi.

Taʼlim vazirligidan ketganidan soʻng, u 1927-yildan Maxfiy kengash aʼzosi boʻlib, 1932-yilda esa Imperator Taʼlim Kengashining rahbari etib taʼyinlanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz