Kamar (belbogʻ)




Kamar — kiyim ustidan belga taqiladigan toʻqali belbogʻ, enli tasma. Oʻrta Osiyo xalqlarida qadimdan mavjud boʻlib, koʻpincha aslzodalarning hashamdor kiyimlarining tarkibiy qismiga kirgan, shuningdek, harbiylar va ovchilar ham taqqan. Kamarlar uzun kiyim (toʻn, chopon) ustidan belga taqilgan hamda qilich, xanjar va b. qurollarni osishga xizmat qilgan. Charm, baxmal va boshqa matodan tayyorlangan Kamarlarga kashtalar tikib, zargar ustalar chizma, kandakori, shabaka, bosma, sovotkori usulida ziynatlagan yirik shaklli (dumaloq, guldasta, yarim yoy, bodom va boshqa) toʻgʻnogʻichlar qadab bezalgan. Bunday hashamdor Kamarlar urfdan qolgan. Hozir Kamarlar asosan, charm, zarbof va b. matolardan tayyorlanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz