Kamalak




Kamalak — osmon gumbazida rang-barang boʻlib koʻrinadigan yoy; yorugʻlikning atmosferadagi yomgʻir tomchilarida sinishi, qaytishi va difraksiyasi natijasida yuz beradi. Yomgʻir yogʻib oʻtgach, Quyoshga qarama-qarshi tomonda hosil boʻladi. Quyosh ufqqa qancha yaqin boʻlsa, kamalak shuncha katta koʻrinadi. Kamalakning burchak radiusi 42° ga teng, tashqi qismi qizil, ichki qismi binafsha rangda koʻzga tashlanadi; unda boshqa ranglar toʻlqin uzunligiga qarab joylashadi. Ayrim vaqtlarda atmosferada qoʻshaloq kamalak ham kuzatiladi. Qoʻshimcha kamalak ichki qizil qismining burchak radiusi 50° ga teng. Baʼzan, atmosferada ayni bir vaqtda 3 tadan 6 tagacha kamalak hosil boʻlishi mumkin).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz