Kamala Harris




Kamala Devi Harris (/ˈkɑːmələ/ KAH-mə-lə, talaffuzi: Kamala Deyvi Harris; 20-oktabr 1964-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi, yurist hamda 49- va amaldagi Amerika Qoʻshma Shtatlari vitse-prezidentidir. U AQSh tarixida eng yuqori lavozimda ishlaydigan ilk ayol rasmiy hamda ilk afroamerikalik va osiyolik amerikalik vitse-prezidentdir. Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Harris 2011-yildan 2017-yilga qadar Kaliforniya bosh prokurori, 2017-yildan 2021-yilga qadar esa Kaliforniyadan AQSh senatori vazifalarini bajargan. 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida Harris Joe Bidenning yordamchisi (vitse-prezident) sifatida qatnashib, amaldagi prezident Donald Trump va vitse-prezident Mike Pence ustidan gʻalaba qozonishdi.

Kaliforniya shtatining Oakland shahrida tugʻilgan Harris Howard universiteti va Hastings huquq kollejini (Kaliforniya universiteti) tugatgan. 2003-yilda San Francisco okrug prokurori etib saylangan. 2010-yilda Kaliforniya bosh prokurori etib saylandi. 2014-yilgi Kaliforniya bosh prokurorlik saylovlarida ham gʻalaba qozonib, ikkinchi muddatga qayta saylandi. Harris 2017-yildan 2021-yilga qadar Kaliforniyadan kichik AQSh senatori lavozimini bajargan. U 2016-yilgi Senat saylovida Loretta Sanchez ustidan gʻalaba qozondi va buning ortidan AQSh senatida faoliyat yuritgan ikkinchi afroamerikalik ayol va birinchi janubiy osiyolik amerikalik boʻldi. U Senat sud majlislari davomida Trump administratsiyasi rasmiylarini, jumladan jinsiy zoʻravonlikda ayblangan Oliy sudga ikkinchi nomzod Brett Kavanaughni soʻroq qilganligini bilan obroʻ qozondi.

Dastlabki hayoti



Kamala Devi Harris Kaliforniya shtatining Oakland shahrida 1964-yil 20-oktyabrda dunyoga kelgan. Onasi Shyamala Gopalan hind biologi boʻlib, 1958-yili 19 yoshida Hindistondan AQShga oziqlanish va endokrinologiya boʻyicha Berkeleydagi Kaliforniya universiteti talabasi oʻlaroq kelgan; Gopalan 1964-yilda falsafa doktori boʻlgan. Harrisning otasi — Donald J. Harris, Stanford universitetida iqtisod boʻyicha professor boʻlib, 1961-yilda Britaniya Yamaykasidan AQShga, UC Berkeleyda oʻqish uchun kelgan; 1966-yilda iqtisod boʻyicha falsafa doktori boʻlgan. Afroyamaykalik kelib chiqishga ega boʻlgan Donald Harris boʻlajak rafiqasi Shyamala Gopalan bilan ilk marta fuqarolik huquqlari harakati orqali uchrashgan.

Nashrlar



Harris ikkita nofantastik kitob va bitta bolalar uchun moʻljallangan kitob muallifidir.

Galereya







Harris San Francisco okrug prokurori sifatida






Senator Harrisning rasmiy portreti






Harris 2017-yili Howard universitetida






Harris 2019-yilda






Harris Guatemalada (2021-yil iyun)






Harris va Germaniya kansleri Angela Merkel (2021-yil iyul)









Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz