KAM



KAM — Tibet tog’ligining Janubiy- Sharqiy chekkasi, Xitoyda. Tog’ tizmalari aksari qismining balandligi 3000-4000 metr, alohida cho’qqilari 6000 metrgacha. Tizmalar Yantszi, Mekong, Saluin daryolarining bo’ylama daralari bilan ajratilgan. Baland tog’ dashti va yaylovlar Landshafti xos. Janub qismi va daralar yon bag’irlarida o’rmonlar uchraydi. Tizmalarning cho’qqilari doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz