Kalyari




Kalyari (Cagliari) — Italiyadagi shahar, Sardiniya oroldagi port. Kalyari provinsiyasining maʼmuriy markazi. Transport yoʻllari tuguni. Kemasozlik rivojlangan. Kimyo, neft kimyosi, yogʻochni qayta ishlash, elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Chetga qoʻrgʻoshin va rux rudalari, har xil tuzlar, vino, zaytun moyi chiqariladi. Universitet (17-asrdan) bor. Maydoni — 85,45 km. 161 465 nafar aholi istiqomat qiladi (2004).

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz