KALYAO



KALYAO — Perudagi shahar, kalyao buxtasi sohilida joylashgan. Lima aglomerasiyasi tarkibida. Kalyao Konstitutsion provintsiyasini tashkil etadi. Aholisi 699,5 ming kishi (1996). Mamlakatning muhim sanoat va madaniy markazlaridan. Tinch okean sohilidagi yirik savdo porti (mamlakatning 75% importi, 25% eksporti). Rangli metallurgiya, kemasozlik, to’qimachilik, oziq- ovqat sanoati korxonalari mavjud. Kalyao — mamlakatdagi baliq sanoatining asosiy markazlaridan. Ilmiy texnika universiteti, kutubxona, harbiy muzey bor. Shaharga 1573 yilda asos solingan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz