Kalxatlar




Kalxatlar (Milvus) — qarchigʻaysimonlar oilasiga mansub qushlar urugʻi. Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya va Amerikada keng tarqalgan. 5 turi bor. Oʻrta Osiyoda qora kalxat yashaydi; mart oyi boshlarida uchib keladi. Uyasini suvga yaqin baland daraxtlarga, qoyalarga quradi. Apr.—mayda 2—4 ta tuxum qoʻyadi. Umurtqali mayda hayvonlar, baliqlar va hasharotlar bilan oziqlanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz