KALTSIFIR
KALTSIFIR — kaltsit yoki dolomit va ozroq miqdordagi silikatli minerallar (granat, piroksen, shpinel, olivin va boshqalar)dan iborat metamorfik tog’ jinsi. Yuqori temperaturali sharoitlarda magnezial ohaktoshlarning qayta kristallanishidan vujudga keladi. Mineral tarkibi bo’yicha Kaltsifir ohaktoshli (marmar) va magnezial skarnlar o’rtasidagi oraliq holatni egallaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz