Kalsiy karbonat




Kaltsiy karbonat, СaСo3, -karbonat kislotaning kaltsiyli tuzi. Ok kristall modda. Tabiatda ikkita minerali: kalsit (boʻr, ohaktosh, marmar holida) va aragonit keng tapqalgan. Suvda yomon, kislotalarda yaxshi eriydi. Qizdirilganda suyuqlanmasdan kalsiy oksid (СaO) va karbonat angidridga (СO2) parchalanadi. Tabiiy K. k. ohak, shisha, linoleum olishda, kalsiyning boshqa birikmalarini sintez qilishda ishlatiladi. Sintetik usulda kalsiy xlorid va sodani oʻzaro taʼsir ettirish yuli bilan olingan K. k. qogʻoz va rezina ichida toʻldiruvchi sifatida, shuningdek, tish kukuni, оziq-ovqat binoni E 170 va kosmetik preparatlar tayyorlashda qoʻllaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz