Kallamozor svitasi




Kallamozor svitasi - Oʻzbekiston jan. va jan.-gʻarbidagi oʻrta alb yotqiziqlari tarkibidagi stratigrafik birlik, oʻzbek olimlari O. M. Akram-xoʻjayev, O. Egamberdiyev va H. H. Mirkamolovlar tomonidan alohida svita qilib ajratilgan (1971). K.s. Sherobod yaqinidagi Kallamozor qishlogʻi nomi bilan atalgan, umumiy qalinligi 60— 68 m li alevrolit, qumtosh, giltosh va chigʻanoqli ohaktoshlardan tarkib topgan. Yotqiziklarda uchraydigan fauna qoldikdari (ammonitlar, peletsipodalar, foraminiferalar) K. s. oʻrta alb yoshiga taalluqli ekanidan dalolat beradi. Shim.ga tomon giltoshlar oʻrnini alevrolit va qumtoshlar egallab boradi. Bobotogʻ va Qarshitogʻ atroflarida qizil qumtosh va kvars gravelitlar bor. Muhim stratigrafik va litologik ahamiyatga ega.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz