KALKA — chizmachilikda ishlatiladigan shaffof qog’oz yoki mato. Kalandrlanadigan (maxsus valli presslarda zichlangan, tekislangan va yaltiratilgan) va oddiy (kalandrlanmagan) xillari bo’ladi. Kalandrlangan va maxsus modda shimdirilgan Kalka chizmachilik (vatman) qog’oziga qalamda chizilgan chizmadan tush va yorug’lik yordamida ko’plab nusxa ko’chirish uchun; oddiy Kalka (shaffof qog’oz) qalamda nusxa ko’chirish uchun ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish